Putinga pensiyaga ketishi kerakligini sha`ma qilishdi

11:47, 28 oktabr

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin yirik derjavaning rahbari sifatida vazmin bo`lishini, o`z fikrlarini aytayotganda ortiqcha agressiyaga yo`l qo`ymasligi kerakligini aytdi.

Shuningdek RF Prezidenti Vladimir Putin pensiyaga chiqadigan vaqti hali kelmaganini aytdi. Bu haqda u “Valday” xalqaro diskussion klubi majlisidagi chiqishida ma`lum qildi. 

“Hurmatli moderator menga pensiyaga sog`-salomat chiqishimni tiladi, men ham o`zimga shuni tilayman, vaqti kelganida albatta. Bu juda to`g`ri, shunday qilish kerak, ammo hali men pensiyada emasman”, - dedi Putin.

Uning so`zlariga ko`ra, agressivlik uning uslubi emas. Shunga qaramay u “Valday klubi”ning auditoriyasida juda ochiq bo`lish kerakligini, aks holda muzokaralar qiziqarli bo`lmasligini ma`lum qildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!