Nyu-Jersida Xelloun oldi 200 ta qovoq o`g`irlab ketildi

12:36, 28 oktabr

AQShning Nyu-Jersi shtatidagi Ueyn shahridagi oilaviy fermadan 200 ga yaqin qovoq o`g`irlab ketildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.  

Ferma egasining o`g`li Todd Kyumning jurnalistlarga va polisiyachilarga ma`lum qilishicha, qovoq o`g`rilarining furgoni kuzatuv kameralariga tushib qolgan. 

Videoyozuvdan ma`lum bo`lishicha, gumondorlar to`rt kishi bo`lgan.  Ular qovoqlarni ilk urinishdayoq olib ketisha olmagan. Shuning uchun ular qovoqning qolgan qismi uchun ikki marta qaytib kelishga majbur bo`lgan. 

120 yildan beri shu ish bilan shug`ullanadigan ferma egalarining aytishicha, ular ko`rgan zarar miqdori 2,5 ming dollardan 3 ming dollargacha. 

Ferma egalari polisiyaga qovoq o`g`rilarini topish va hibsga olishga yordam beradigan istalgan ma`lumot uchun 1000 dollar mukofot puli berishlarini ma`lum qilgan. 

Qovoqlar har yili 31 oktyabrda an`anaviy tarzda o`tkaziladigan Xellouin bayramiga bir necha kun qolganida o`g`irlangan. 

Qovoqdan qirqilgan yoritgichlar—bu an`anaviy bayram bezagi.  Bundan tashqari, amerikaliklar mazkur bayramga qovoqli piroglar pishirishadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!