Vahshiy terrorchilarning norasida go`daklarni o`qqa tutishi dunyoni larzaga keltirdi

12:38, 28 oktabr

Suriyaning Aleppo shahrida terrorchilar bolalarga dars o`tilayotgan boshlang`ich maktabni portlatdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Maktabda dars bo`layotganda qo`lbola bomba portlagan. Portlash oqibatida uch o`quvchi halok bo`lgan, o`ndan ortiq bola og`ir yaralangan. O`qituvchi va polisiya xodimlari bolalarni evakuasiya qilish uchun qo`ldan kelgancha harakat qilgan. Navbatma-navbat bomba portlashi oqibatida yuqori qavatda darsda bo`lgan o`quvchilar pastki qavatga qochib tushgan. Bolalaridan xavotirlangan ota-onalar maktabga shoshilgan. Farzandlarini qidirib topolmagan ba`zi ota-onalar es-hushidan ayrilgan.

“Bu tumanda harbiylar yo`q, faqat maktablar joylashgan. Jangarilar aynan maktabni nishonga olib, dars o`tilayotgan paytda o`qqa tutishdi. Hech qanday gunohi bo`lmagan norasida go`daklar qurbon bo`ldi. Ular faqat bilim olishni xohlashgandi”, dedi Aleppo shahar polisiyasi boshlig`i Zuher Said Aldin.

Yarador va halok bo`lgan begunoh bolalar Razi gospitaliga etkazilgan. 

“Mana ularning demokratiyasi, nafrati! Begunoh bolalarning hayotiga zomin bo`lgani uchun hali do`zax olovida kuyishadi”, deb jangarilarni aybladi o`likxona yonida turgan maktab direktori. 

Tinch Allepoga hujum qilgan terrorchilarning hujumi oqibatida 6 nafar bola hayotdan ko`z yumdi, 16 nafari turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!