“Barselona” Rafinyalar hisobini ikki nafarga etkazmoqchi (Foto)

14:28, 28 oktabr

“Barselona” jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike “Bavariya” himoyachisi Rafinyaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashriga asoslanib, “Championat.com” xabar qilmoqda.

Ma`lum bo`lishicha, “Barselona” murabbiylar shtabi braziliyalik futbolchi jamoaga foyda keltirishi mumkin deb hisoblamoqda. Hozirda Rafinya asosiy tarkib uchun kurashda myunxenliklar sardori Filipp Lamga raqobatchilik qilmoqda.  

Braziyaliklik himoyachining “Bavariya” bilan kelishuvi 2017 yilning yoziga qadar mo`ljallangan va u kelishuvni uzaytirish niyatida emas. Shu sababli ham Katalon klubi uni qo`lga kiritish niyatida.

Joriy mavsumda Rafinya Germaniya chempionati doirasida 8 o`yinda ishtirok etib, atigi 3 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi va 1 ta gol bilan 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Qayd etish kerakki, “Barselona” safida Rafinya ismli bosh bir futbolchi to`p suradi. U ham braziliyalik hisoblanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!