“Jumanji” filmi qahramoni, mashhur aktyor Robin Uilyamsning velosipedlar kolleksiyasi xayriya auksionida 600 ming dollarga sotildi

15:46, 28 oktabr

2014 yilda olamdan o`tgan mashhur, amerikalik aktyor Robin Uilyamsning 87 dona velosipeddan iborat kolleksiyasi xayriya auksionida 600 ming dollarga sotildi, deb xabar berdi “Russian.rt.com” nashri. 

Nashrning ma`lumot berishicha, velosipedlar kolleksiyasini aktyorning farzandlari xayriya auksioniga topshirgan. Velosipedlarning ba`zilari aktyorning shaxsiy istagiga binoan maxsus yasalgan. Eng qimmat lot —   Master Pista markasiga tegishli, La Carrera Futura 2000 modeli esa — 40 ming dollardan ortiqqa sotilgan.

Xayriya auksionidan tushgan pullar ikki xayriya fondiga o`tkazilgan.

Amerikalik aktyor Robin Uilyams 2014 yilning 11 avgust kuni o`z uyidan o`lik holda topilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!