Qozog`iston futbol federasiyasi prezidenti o`z xohishiga ko`ra iste`foga chiqdi

15:51, 28 oktabr

Qozog`iston futbol federasiyasi prezidenti Erlan Kojagapanov o`z xohishiga ko`ra iste`foga chiqdi. Bu haqda Sports.kz xabar bermoqda.

Qozog`iston futbol federasiyasi Ijroiya qo`mitasining yig`ilishida ushbu qaror ma`qullandi. 28 noyabr kuni Ostona shahrida federasiya prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylov konferensiyasida ushbu qaror tasdig`ini topadi.

Oxirgi paytlarda Qozog`iston futbol federasiyasi rahbari bazifasini Seild Bayshakov bajarib turibdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!