28 oktyabrdan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti boshlanadi

16:03, 28 oktabr

O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ro`yxatga olindi

28 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro`yxatga olish to`g`risidagi masala ko`rib chiqildi.

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ko`rib chiqib O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro`yxatga olish to`g`risida qaror qabul qildi. O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Sarvar Sadullaevich Otamuratov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Miromonovich Mirziyoev, O`zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Hatamjon Abduraxmonovich Ketmonov, O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan Narimon Madjitovich Umarov O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar etib ro`yxatga olindi.

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi Qonunning 28-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro`yxatga olingan kundan e`tiboran ularning saylovoldi tashviqoti boshlanadi. Shu munosabat bilan majlisda saylovoldi tashviqoti bilan bog`liq masala ko`rib chiqilib, tegishi qaror qabul qilindi.

Shu kunning o`zida Markaziy saylov komissiyasining bulib o`tgan majlisida O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillarini ro`yxatga olish hamda Komissiya vakolatiga taalluqli boshqa masalalar ham ko`rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!