Yaponiyalik didjeyning ananas va olma haqida aytgan qo`shig`i Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi

16:45, 28 oktabr

Yaponiyalik didjey Piko-Taro ning “Pen-Pineapple-Apple-Pen” nomli qo`shig`i Ginnesning rekordlar Kitobiga kiritildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Bu qo`shiq Amerika Billboard Hot 100 xit paradidagi eng qisqa qo`shiqdir. 45 soniyalik qo`shiq chartda 77-o`rinni egallagan. 1964 yilda Billboard xit paradida Amerikaning The Womenfolk guruhi “Little Boxes” nomli qo`shiqni ijro etgan bo`lib, u 1 daqiqa-yu, 2 soniyani tashkil qilgan.

53 yoshli, yaponiyalik Piko-Taro 28 oktyabr kuni Tokioda o`tkazilgan matbuot anjumanida Ginnesning rekordlar Kitobining mukofoti bilan taqdirlandi. U 1990 yildan beri Billboard chartiga kiritilgan ilk yapon san`atkoridir.

Yangi xitda didjey ananas va olmani aralashtirsa nima bo`lishi haqida kurakda turmaydigan so`zlarni qo`shiq qilib kuylagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!