Oilasidan qochish maqsadida o`zini o`ldiga chiqargan erkak 23 yildan keyin topildi

10:57, 29 oktabr

AQShning Indianapolis shtatida yashovchi, 1993 yilda bedarak yo`qolgan Richard Xoaglend (Richard Hoagland) uyidan 1600 kilometr uzoqlikdan topildi, deb xabar berdi “Abcnews.go.com” nashri.

Ma`lum bo`lishicha, erkak yangi hayot boshlash uchun oilasidan qochib ketgan. U uydan chiqib ketganda Linda ismli rafiqasi va to`rt farzandi bo`lgan. Oila a`zolari uni shu paytgacha halok bo`lgan, deb hisoblashgan. Sud 2002 yilda Richard Xoaglendni rasman vafot etgan, deb tan olgan. Eri yo`qolgandan keyin bir yil o`tgach, Linda Indianapolis shtatidan ko`chib ketgan va qayta turmush qurgan. 

Oilasidan qochib ketgan Xoaglend Florida shtatining Zekirxills shahrida qo`nim topgan. 1995 yilda uy olgan, uylangan. 23 yil davomida birinchi oilasidagilar bilan umuman aloqa qilmagan. Yangi joyda u o`zini Terri Simanski (Terry Symansky) deb tanishtirgan. Aslida Terri Simanski baliqchi bo`lib, 1991 yilda baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan odam bo`lgan. Richard uning ismi-sharifidan foydalangan. Uydan qochgandan keyin ma`lum muddat vafot etgan baliqchining otasini uyida ijarada yashagan. Ijara uyda yashash davomida Terri Simanskiga tegishli shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni o`g`irlagan.

63 yoshli Xoaglendning sirini fosh etishda haqiqiy Simanskilar oilasining xizmati katta bo`ldi. Ancestry.com saytida oila shajarasini yaratayotgan baliqchining jiyani amakisining o`limidan keyin uylanganidan hayron bo`ladi. Shundan keyin bu ishga detektiv Entoni Kardillo (Anthony Cardillo)ni jalb etadi. Detektiv Xoaglendga Terri Simanskining o`limi haqidagi guvohnomani ko`rsatgandan keyin u aybini tan oladi. 

Sherif Entoni Kardillo (Anthony Cardillo) Xoaglendning bu ishini “qo`rqoqlik”, deb atadi. Uning aytishicha, Xoaglend xudbinligi tufayli boshqalarning hayotini izdan chiqargan, uning gaplarini qochoqning sobiq turmush o`rtog`i Linda va farzandlari ham tasdiqlagan. Xoaglendning keyingi rafiqasi turmush o`rtog`ining 20 yildan ortiq vaqt birovning familiyasida yurganligidan bexabar bo`lgan. Ammo doim uning o`tmishidan shubhalanib yashaganini ta`kidlagan. 

Ayni paytda Xoaglend firibgarlik va hujjatlarni qalbakilashtirishda ayblanib, sud hukmini kutmoqda. U o`z aybini tan olmagan va nima uchun oilasidan qochib ketganligiga izoh berishni istamagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!