«Toshkent–Andijon» poezdlarining qatnov vaqti qisqaradi

12:10, 29 oktabr

1 noyabrdan yo`lovchi poezdlar qatnov vaqtlarida ayrim o`zgarishlar joriy etiladi, deya xabar beradi «O`ztemiryo`lyo`lovchi» AJ.

Jumladan, «Toshkent–Andijon» yo`nalishidagi 60/59-sonli poezdning Toshkentdan jo`nashi soat 08:05 ga, Andijonga kelishi 13:35 ga, Andijondan jo`nash vaqti 15:50 ga, Toshkentga kelishi 21:20 ga belgilandi.

«Toshkent–Andijon» yo`nalishidagi 62/61-sonli poezdning Toshkentdan jo`nashi 17:20 ga, Andijonga kelishi 22:50 ga, Andijondan jo`nashi 06:20 ga, Toshkentga kelishi 12:04 ga belgilandi.

Shu tariqa, Toshkentdan Andijonga qatnovchi reysning yo`l yurish vaqti taxminan yarim soatga qisqardi. Ilgari bu vaqt olti soatni tashkil qilar edi, deb yozadi «Daryo.uz» nashri.

2016 yil 1 noyabrdan yo`lovchi poezdlarda o`zgarishlar.

1.Toshkent-Andijon yo`nalishidagi 60/59-sonli poezd: Toshkentdan jo`nash 08-05da, Andijonga kelish 13-35da va Andijondan jo`nash 15-50da, Toshkentga kelish 21-20da.

2.Toshkent-Andijon yo`nalishidagi 62/61-sonli poezd: Toshkentdan jo`nash 17-20da, Andijonga kelish 22-50da va Andijondan jo`nash 06-20da, Toshkentga kelish 12-04da.

3.Andijon-Buxoro yo`nalishidagi 392-sonli poezd: Andijondan jo`nash 14-20da, Toshkentga kelish 20-44da.

4.Andijon-Toshkent yo`nalishidagi 91/92-sonli poezd: Andijondan jo`nash 22-15da, Toshkentga kelish 05-16da va Toshkentdan jo`nash 06-40da, Andijonga kelish 12-55da.

Shaxarlararo poezdlarda:

1.To`qumachi-Angren yo`nalishidagi 6308-sonli poezd: To`qumachidan jo`nash 18-00da va Angrenga kelish 21-56da.

2.Angren-To`qumachi yo`nalishidagi 6309-sonli poezd: Angrendan jo`nash 06-03da va To`qumachiga kelish 09-48da.

3.Andijon-Qo`qon yo`nalishidagi 6309-sonli poezd: Andijondan jo`nash 04-30da va Qo`qonga kelish 07-39da.

4.Qo`qon-Andijon yo`nalishidagi 6310-sonli poezd: Qo`qondan jo`nash 14-20da va Andijonga kelish 17-58da.

Shuningdek, 7,8,9,10,14,15,16,17,21,22,23,24 noyabr kunlari Toshkent-Qarshi yo`nalishidagi 760/759-sonli "Afrosiob" poezd o`rniga 2/1-sonli tez yurar poezd xarakatlanishi davom etadi.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!