OFKga a`zo Futbol Federasiyalari reytingida O`zbekiston 9-o`rinda

07:33, 30 oktabr

Osiyo Futbol Konfederasiyasiga a`zo mamlakatlar federasiyalarining yangi reytingi ma`lum qilindi.

Unga ko`ra O`zbekiston Futbol Federasiyasi 9-pog`onani band etib turibdi. Klublar hamda milliy terma jamoa o`yinlari hisobga olinadigan ushbu reytingda O`zbekiston 58.51 ochko to`plagan. Shundan klublar hisobiga 36.39 ochko to`g`ri kelsa, terma jamoa 22.12 ochko jamg`argan.

Bu reytingda Janubiy Koreya futbol assosiasiyasi etakchilik qilmoqda. Uning hisobida 92.94 ochko bor.

Reytingning top 10 ro`yxati quyidagicha ko`rinish olgan.

  1.        Janubiy Koreya – 92.94
  2.        BAA – 86.37
  3.        Saudiya Arabistoni – 84.68
  4.        Eron – 79.62
  5.        Qatar – 77.48
  6.        Yaponiya – 73.85
  7.        Australiya – 73.13
  8.        Xitoy – 72.64
  9.        O`zbekiston – 58.51
  10.        Iroq – 37.87

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!