Toshkentda “Gimnastika barcha uchun” shiori ostida sport festivali o`tkazildi

09:01, 31 oktabr

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 1-bolalar va o`smirlar sport maktabida 14 yoshgacha bo`lgan imkoniyati cheklangan bolalar o`rtasida “Gimnastika barcha uchun” shiori ostida sport festivali bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda

O`zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Gimnastika federasiyasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi, “Sog`lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, Toshkent shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar xalqaro jamoatchilik tomonidan yuksak baholanayotgani qayd etildi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta`kidlaganidek, sport mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashda eng muhim vosita bo`lib xizmat qilayotir. Sohani rivojlantirishga qaratilgan sa`y-harakatlar natijasida shahar va qishloqlarimizda sport bilan muntazam shug`ullanish uchun barcha shart-sharoit yaratilmoqda.
 
Musobaqada Yashnobod tumanidagi 52-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat tarbiyalanuvchilari g`olib bo`ldi. Turli nominasiyalar bo`yicha ham g`oliblar aniqlanib, diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.
 
Festivalning ochilishida O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo`mitasi raisi E.Bositxonova so`zga chiqdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!