"Lokomotiv" o`z maydonida "Nasaf"ni mag`lub etdi va boshqa natijalar

09:27, 31 oktabr

Oliy Liga 27-tur bahslari doirasida oltita uchrashuv bo`lib o`tdi. Turning markaziy o`yinida "Lokomotiv" o`z maydonida "Nasaf" bilan kuch sinashib, qiyinchilik bilan 3:2 hisobida zafar quchdi. 

"So`g`diyona" Jizzaxda "Qo`qon-1912" futbolchilarini qabul qildi. Anchagina qiziqarli kechgan o`yinda 1:1 hisobidagi jangovar durang  qayd etildi. 

Qolgan uchrashuv natijalari bilan quyida tanishib olishingiz mumkin bo`ladi. 
 
«So`g`diyona» (Jizzax) – «Qo`qon-1912» (Qo`qon) 1:1. 4155 tomoshabin.
Hakamlar: V. Seytlin (Toshkent) – 9,0, R. Fozilov (Namangan) – 8,8, M. Majidov (Namangan) – 8,9, R. Abduvohidov (Qarshi) – 9.
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
Gollar: S. Rashidov (53) – I. Rahimov (83).
Ogohlantirishlar: M. Muzaffarov (17), M. Xolmuhamedov (76), R. Hasanov (90+3) – S. Hamidov (4).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Muzaffarov – S. Berdiev.
 
«Neftchi» (Farg`ona) – «Buxoro» (Buxoro) 0:1. 2511 tomoshabin.
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent) – 8,2, M. Saidqosimov (Toshkent) – 8,6, A. Snetkov (Toshkent viloyati) -8,6, I. Garmashov (Toshkent) – 8.
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gol: B. Pardaev (59 penalti).
Ogohlantirishlar: Sh. Po`latov (23) – Sh. Mullajonov (37).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Saidov – A. Merzlyakov.
 
«Navbahor» (Namangan) – «Qizilqum» (Navoiy) 0:2. 3267 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent) – 9,0, A. Rasulov (Toshkent) – 9,0, J. Saidov (Toshkent) – 9,0, A. Rahimov (Andijon) – 9.
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: I. Yunusov (49), V. Shodiev (61).
Ogohlantirishlar: I. Isoqjonov (37), I. Boydedaev (76) – A. Rustamov (14), V. Shodiev (38), I. Yunusov (45+1).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Abdullaev – E. Jabborov.
 
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Andijon» (Andijon) 0:0. 1808 tomoshabin.
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent) – 8,7, S. Shoyusupov (Toshkent) – 8,6, A. Kalinin (Qarshi) – 8,6, Q. Rasulov (Qarshi) – 9.
Nazoratchi: B. Galeev (Toshkent).
Ogohlantirishlar: O. Valijonov (31), X. Muxtorov (53), A. Hojiakbarov (62), A. Amanov (81) – B. Akbarov (9), F. Bekmurotov (90+3).
Eng yaxshi o`yinchilar: E. Gogol – X. Xo`jaev.
 
«Sho`rtan» (G`uzor) – «Obod» (Toshkent) 1:0. 1628 tomoshabin.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro) – 8,6, R. Serazetdinov (Toshkent) – 8,5, A. Burov (Buxoro) – 8,3, I. Ibrohimov (Nukus) – 9.
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gol: I. Taran (3).
Ogohlantirishlar: A. Omonov (18), F. Mirahmatov (72), J. Otaqulov (84) – U. Matmusaev (3).
Eng yaxshi o`yinchilar: E. Tojiboev – A. Xusinov.
 
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi) 3:2. 3860 tomoshabin. 
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent) – 8,2, T. Galeev (Toshkent) – 9,0, A. Po`latov (Toshkent) – 8,4, A. Najafaliev (Toshkent) – 9.
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: I. To`xtaxo`jaev (30), S. Mirzaev (36), T. Abduxoliqov (53) – F. Sayfiev (38), D. Cheran (41).
Ogohlantirishlar: D. Cheran (39), F. Musaev (70), I. Golban (87, barchasi — «Nasaf»).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Ikromov – F. Musaev.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!