Hindistonlik biznesmen qo`l ostidagi xodimlarga 1260 dona avtomobil va 400 ta uy sovg`a qildi

09:54, 31 oktabr

Hindistonlik biznesmen Savji Dxolakiya (Savji Dholakia) brilliant eksport qiluvchi  o`zining Hare Krishna Exports kompaniyasida xizmat qiluvchi xodimlariga Divali bayrami munosabati bilan qimmatbaho sovg`alarni hadya qildi, deb xabar qildi “Tjournal.ru” nashri. 

Tajribali, ko`p yillardan beri kompaniyada xizmat qilib kelayotgan xodimlarga biznesmen 1260 dona avtomobil va 400 ta uy sovg`a qildi. Bu uning xodimlariga berayotgan ilk qimmatbaho sovg`asi emas. Biznesmenning ma`lumot berishicha, kompaniya besh yil mobaynida barcha xodimlarni uy va avtomobil bilan ta`minlashni rejalashtirgan. 

2016 yilda Dxolakiya o`zining 21 yoshli o`g`lini mustaqil ravishda ish va uy topish uchun mamlakat janubidagi shaharlardan biriga yubordi. Yigit o`zi bilan bor-yo`g`i 3 bosh kiyim-kechak, yuvinish anjomlari va favqulodda vaziyatlar uchun 7 ming rupiy olgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!