Piskentda 3 kg “marixuana” olib ketayotgan fuqarolar hibsga olindi

10:07, 31 oktabr

Toshkent viloyati Piskent tumani IIB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir natijasida Olmaliq shahrida yashovchi 20 va 30 yoshli shubhali fuqarolar to`xtatib tekshirilganida, ularning qo`lidagi sumkasidan uch yarim kilogrammdan ziyodroq “marixuana” giyohvandlik moddasi topilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!