Shavkat Mirziyoev Pensiya jamg`armasi direktoriga xayfsan e`lon qildi

10:21, 31 oktabr

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Respublika Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktori Dilshod Sultonovga xayfsan e`lon qilish haqida ko`rsatma berdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoevning Facebook`dagi sahifasida xabar berildi. 

Ma`lum bo`lishicha, Toshkent shahar Shayhontohur tumanida yashovchi fuqaro M.Xodjaxanova O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning virtual qabulxonasi pm.gov.uz’ga yordam so`rab murojaat qilgan. 

Mazkur murojaatga mas`ul qilib biriktirilgan Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi direktori Sultanov murojaatni uzil-kesil hal qilish o`rniga rasmiyatchilik bilan javob bergan.

Vazifasiga faqat rasmiyatchilik yuzasidan yondoshgan mas`ul rahbarga esa Shavkat Mirziyoev tomonidan hayfsan e`lon qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!