“O`zbekiston havo yo`llari” 9 oyda 16,5 ming parvoz amalga oshirdi

10:34, 31 oktabr

«O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasi 2016 yilning 9 oyi davomida 1,882 mln. yo`lovchini o`z manziliga etkazdi, bu esa 2015 yilning shu davriga nisbatan 5% kam.

Bu haqda aviakompaniya kengashining yig`ilishida xabar berildi. Aviakompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, 2016 yilning yanvar-sentyabr oyida kompaniya havo kemalarida 16692 reys amalga oshirilgan.

Shu bilan birga aviakompaniya uzoq g`arb yo`nalishida parvozni 0,8% oshirdi, O`zbekiston ichida va yaqin g`arb yo`nalishida esa parvozlar soni kamaydi.

Bitta resda o`rtacha yo`lovchi yuki 113 yo`lovchini tashkil qildi. Yo`lovchi o`rindiqlar bandligi 74,54% tashkil qildi.

Aviakompaniyaning yuk samolyotlarida yanvar-sentyabrda 734 reys amalga oshirildi, bu esa o`tgan yilning shu davriga nisbatan 46 reysga ko`proq. Aviakompaniya 30,6 ming tonna yuk tashidi, bu esa 1,6% kam, deb yozadi Uzdaily.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!