Rimdagi zilzila oqibatida maktablar yopildi

10:53, 31 oktabr

Rim hukmati yakshanba kuni Italiyaning markazida yuz bergan zilzilada so`ng poytaxt maktablarini yopib qo`ydi.

Bu haqda Rim meri Virjiniya Raji o`zining Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, o`quv muassasalarining yopilishi maktablarni zilzilabardoshligini tekshirish uchun amalga oshiriladi.

Avvalroq Italiya poytaxtida vaqtincha metropoliten yopilgan edi.

30 oktyabr kuni Apennin yarim orolining markaziy qismida kuchli zilzila sodir bo`ldi, uning magnitudasini mutaxassislar 6,1 dan 7,1 baholashdi. Silkinishlar minglab odamlarni qo`rqitib yubordi, tabiiy ofat oqibatida tarixiy obidalarga zarar etdi. Halok bo`lganlar haqida ma`lumotlar yo`q. 

Italiya Bosh vaziri Matteo Rensining so`zlariga ko`ra, zilzila 1980 yildan buyon sodir bo`lgan eng kuchlisi bo`ldi. Ekspertlar bugungi zilzila 24 avgust kuni boshlangan seysmik faollikning davomi bo`ldi deb hisoblashmoqda. Yozning so`nggida sodir bo`lgan tabiiy ofat oqibatida qariyb 300 kishi halok bo`ldi, deb yozadi Mir24.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!