Moskvada O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykali o`rnatiladi

11:17, 31 oktabr

O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning haykalini o`rnatish masalasi 8 dekabr kuni Moskva shahar dumasi qoshidagi monumental san`at bo`yicha Komissiya yig`ilishida ko`rib chiqiladi

Katta ehtimollar bilan ushbu masala ijobiy hal etiladi. Bu haqda TASS nashriga komissiya raisi, Rossiyada xizmat ko`rsatgan arxitektor Igor Voskresenskiy xabar berdi.

“Haykal o`rnatish masalasi davlatlararo muhokama etildi va bu masala ijobiy hal bo`lishi shubhasiz”, - deydi Voskresenskiy.

“Haykal shaharning Polyanka ko`chasi yaqinida, elchixona yonidagi Karimov nomi bilan yuritiladigan hiyobonda o`rnatiladi”, - deydi u.

Voskresenskiyning so`zlariga ko`ra, vafot etgan davlat rahbarlariga haykal o`rnatish Moskvada o`ziga xos an`anaga aylanib ulgurgan. Shaharda Xo Shi Min, Georgiy Dimitrov, Indira Gandilarning haykallari mavjud.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!