Mushohada: “Labing bag`rimni qon qildi”

11:26, 31 oktabr

Mashhur xonanda qizning ekranda qalin lablarini chuchchaytirib qo`shiq  kuylayotganiga ko`zim tushdi

Ayol — go`zallik timsoli. Bunga shak-shubha yuq. Qizig`i, dunyoning turli chekkalarida istiqomat kiladigan odamlar nozik jins vakilalarining go`zalligini turli mezonlar bilan o`lchaydi. Kimlar uchundir uzun oyoqli qizlar latofat timsoli bo`lsa, boshkalar do`mboq, “vazni og`ir” xotin-qizlarni bexad qadrlashadi.

Televizorda ko`p ko`rganmiz, Afrika qit`asida umrguzaronlik qiladigan qaysidir qabilada jirafanikidek uzun bo`yniga shoda-shoda xalqa taqqan qizlar habash yigitlar uchun go`zallik ramzi hisoblanarkan. Ochig`i, bunday go`zallikka erishish oson kechmaydi. Qizaloqlar dunyoga kelishi bilanoq bo`yniga xalka taqiladi. Yillar utib, yoshi ulg`ayishi bilan ana shu xalqalar soni asta-sekin ko`paytirib boriladi. Natijada boyaqish qizlarning bo`yni g`ayritabiiy yo`sinda uzayib, galati ko`rinish kasb etadi. Eng achinarlisi, sho`rliklar umrbod ana shu xalqalarning asirasi bo`lib yashashga mahkum. Nachora, go`zallik qurbon talab qiladi, deb bekorga aytishmagan!

Ayol go`zalligi haqida gap ketganda bu kabi g`aroyib va aql bovar qilmas misollarni istagancha keltirish mumkin. Lekin bunday odatlarni malomat qilish yoki masxaralash niyatidan yiroqmiz. Aytishadi-ku, “har kimniki o`ziga, oy ko`rinar ko`ziga” deb.

Sir emas, har bir ayol go`zal bo`lishga intiladi. Shu niyatda mudom o`ziga oro berib, qimmatbaho taqinchoqlar taqish va bejirim kiyinishga xarakat qiladi. Bunga ham qarshiligimiz yo`q. Lekin keyingi paytlarda ba`zi qizlarning yanada chiroyliroq ko`rinish ilinjida turli xil mantiksiz, yoqimsiz va eng achinarlisi, zararli usullarga ruju qo`yishayotgani kishini tashvishga soladi. Bunday bemaza odatlar asosan ma`naviy qadriyatlar qadrsizlanib, axloq sayozlashgan G`arb davlatlarida paydo bo`lib, o`zga yurtlarga ham kirib borayotgani hech kimga sir emas. Haddan tashqari ochiq-sochiq kiyinish, tananing ko`rinarli joylariga tatiurovka solish, plastik jarroxlik yordamida yuz va badanning turli qismlarini torttirish, bo`rttirish kabi holatlar bugun hech kimni hayratlantirmay qo`ydi.

E`tibor berdingizmi-yo`qmi, keyingi vaqtlarda do`rdoq labli xonanda va aktrisa qizlarimiz ancha ko`payib qolishdi. Bir gal o`zim san`atini hurmat qiladigan mashhur xonanda qizimizning televizor ekranida qalin lablarini chuchchaytirib qo`shiq  kuylayotganiga ko`zim tushib qoldi. Uning ilgarilari o`ziga yarashib turadigan qunchadek lablaridan asar ham qolmagan edi. Soddalik qursin, avvaliga bechoraning labidan qovog`ari chakib oldimikin deb uylabman. Keyin bilsam, bu ham yangi “moda” ekan. Fapb davlatlarida allakachon do`rdok lablar zamonaviy ayol guzalligining asosiy mezonlaridan biriga aylangan emish. Ko`pchilik ayollar hojatbaror shifokorlarning “beminnat” ko`magi bilan lablarini shishirib, do`rdaytirishga tushib ketishibdi. Boyagi xonanda qizimiz ham ana shu “yangilik”ni jon deb o`zlashtirgan ekan! Tez orada uning “izdoshlari” ko`payib koldi. Hozir sahnada, kino ekranlarida labini sun`iy shishirib olgan “nozikta`b” san`at vakilalariga bot-bot duch kelayapmiz. Boshqalarga qanaqa  bilmadim, biroq men bu holatni sira hazm qilolmayman. Go`yoki bechoralarning lablari ustiga bir juft semiz shilliqqurt chirmashib olgandek, o`ta notabiiy va xunuk ko`rinadi. Yurtimizda chetdan kirib kelayotgan “ommaviy madaniyat”ning oldini olishga harakat qilinayotgan bir paytda bunday illatlar o`zimizning ichimizdan chiqayotgani kishini tashvishga soladi.

Xudo bergan husniga qanoat kilmay, qiyofasini o`zgartirishga mukkasidan ketgan xonimlarni ko`rganda beixtiyor taniqli adibimiz Said Ahmad domlaning “xo`rozqand xorijniki desa yotib yalaydi” degan kinoyali iborasi yodga tushadi. Afsuski, ba`zilar kaysidir yurtlarda paydo bo`lgan mantiqsiz, kulgili va hatto, zararli odatlarni o`ylamay-netmay o`zlashtirib olishayapti. Achinarlisi, taniqli qo`shiqchilar, aktrisalar bu borada peshqadam bo`lishayapti. Aslida, o`zini hurmat qilgan har qanday san`atkor yuksak madaniyatga ega, yoshlarga ibrat bo`ladigan ezgu fazilatlar sohibi bo`lishi lozim. O`zgalar bilan muomalada, kiyinishida, o`zini tutishida did va nafosat barq urib turishi kerak. Chunki muxlislar avvalo ana shu xislatlariga qarab unga baho beradi. Xullas, san`atkor o`zining zimmasiga katta mas`uliyat yuklanganini esdan chiqarmasligi zarur.
Qayd etish joizki, yoshlar tabiatan taqlidga moyil bo`lishadi. Ular o`zlari sevgan san`atkorlarga o`xshashga, ularning qiliqlari va odatlarini o`zlashtirib olishga intilishadi. Endi o`zingiz ayting, sun`iy tarzda labini shishirib olgan san`atkor qizlarimiz yoshlarga nimasi bilan o`rnak bo`lishadi? Birinchidan, bunday bachkana odatlar bizning ayol guzalligi xakidagi asriy tushunchalarimizga zid, milliy mentalitetimiz va boy ma`naviyatimizga teskari sanaladi. Ikkinchidan, allakanday shubxali garmonlar yoki jarroxlik amallari yordamida kiyofani uzgartirish inson salomatligiga jiddiy zarar etkazishi mumkin. Kiyofasi va terisining rangini o`zgargirishga haddan tashkari berilib ketgan amerikalik mashhur estrada yudduzi Maykl Jeksonning qismatini bir eslang. Bechora oqibatini o`ylamasdan qilingan tibbiy amallar tufayli ilvirab, qo`rqinchli tusga kirgan chehrasini ommadan yashirish uchun umrining so`nggi yillarida yuziga niqob taqib yurishga majbur bulgan edi...
Ayolning go`zalligi faqatgina uning tashqi qiyofasiga qarab belgilanmaydi. Avvalo, uning qalbi, ma`naviyati chiroyli bo`lsin. Ichki dunyosi go`zal ayolning chehrasi ham nurga, latofatga yo`g`rilgan bo`ladi. O`zbek ayollari azaldan ana shunday fazilatlari bilan ajralib turishgan. Alisher Navoiy, Bobur, Erkin Voxdsov, Abdulla Oripov singari buyuk shoirlarimiz uzbek ayolining ma`naviy go`zalligini haroratli satrlarda madh etishgan. Shukrki, bugun xam bunday xislatlar sohibi bo`lmish ayollarimiz, qizlarimiz ko`pchilikni tashkil qiladi.
Ko`r-ko`rona taqlid insonni ma`naviy tanazzulga etaklaydi. Bugun sahna va ekranlarda, internet sahifalarida beo`xshov ko`pchigan labini ommaga ko`z-ko`z qilayotgan san`atkor qizlarimiz shuni esdan chiqarmasalar yaxshi bo`lardi.

Kuyunchak Muxlis

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!