Insonlar hayotiga zomin bo`lgan 10 selfi

12:24, 31 oktabr

Instagram ijtimoiy tarmog`i so`nggi yillarda o`ta ommalashdi. Mazkur tarmoqqa butun dunyodagi internet foydalanuvchilari faol tarzda turli tarzda tushirilgan selfilarni joylamoqda. Millionlab yulduzlar va oddiy insonlar tunu-kun o`z hayot tarzi ifodalangan suratlar bilan bo`lishmoqda.  Bunday tarzdagi ommaviy fleshmob fojialarsiz bo`lmaydi, albatta. O`z-o`zini sevish insonning halokatiga olib kelgan bir nechta holatlar bilan quyida tanishishingiz mumkin. 

Yuvinish xonasidagi selfi


17 yoshli moskvalik qiz Ekaterina plansheti bilan yuvinish xonasiga kirib ketishi fojiaga sabab bo`lishi hech kimning xayoliga kelmagan edi. Biroq bu qiz suvdan atigi bir necha santimetr uzoqlikda elektr tokiga ulangan planshet inson hayotiga xavf solishi mukinligini bilmasdi. 

Katya selfi tushmoqchi bo`lganida qurilma uning qo`lidan tushib ketdi va qizning bevaqt o`limiga sabab bo`ldi. 

Avtomobil boshqarayotganda selfi tushish


AQShning Missuri shtatida yashovchi ikki qiz to`yga shoshilayotgan edi. Baxtli kelinchak Kolett Moreno va uning dugonasi Eli Teobald bunday baxtli daqiqalarni tarixga muhrlashga qaror qilishdi. Avtomobil boshqarib borayotgan Eli oldidagi avtomobilni quvib o`tayotganida, dugonasi undan kameraga qarab jilmayishni so`o`radi. Bu paytda esa qarama-qarshi yo`nalishdan boshqa avtomobil katta tezlikda harakatlanib kelayotgan edi. Qizlardan biri ya`ni kelinchak Kolett qattiq zarb oqibatida halok bo`zldi. Elini esa xavfsizlik yostiqchasi qutqarib qoldi. 

Jarlik yaqinida


 16 yoshli italiyalik qiz tabiat qo`ynida suratga utshishni va uni ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlari bilan bo`lishini xush ko`rardi. Ammo uning bu qiziqishi o`zining boshiga etdi. Izabella Frakiolla ismli bu qiz noodatiy selfiga tushish ishtiyoqida Taranto shahridagi 20 metr chuqurlikdagi jarlik og`ziga keldi. U suartga tushmoqchi bo`lgan paytda muvozanatni yo`qotdi va jarlikka qulab ketdi. shifokorlar uning hayotini saqlab qolisholmadi. 

To`pponcha bilan selfi


Selfining bu noodatiy turi Meksikada kuzatilgan. O`shanda 21 yoshli yigit o`zining selfiga bo`lgan ishtiyoqi tufayli halok bo`lgan edi. Oskar Otero Agilar o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga qizlar, mashinalar bilan tushgan suratlanini ko`p bora joylagan edi. Shuning uchun u endilikda to`pponcha bilan selfi tushib, do`stlarini hayratlantirmoqchi bo`ldi. Kutilmaganda esa to`pponcha otilib ketdi. Baland ovozdan dahshatga tushgan qo`shnilar tez yordam va polisiya chaqirishdi. Biroq Oskarni qutqarishning imkoni bo`lmadi.  

Cho`qqi ustida


Polshalik selfi ishqibozlari bilan ham fojia yuz berdi. Yosh er-xotin cho`qqi ustiga chiqib selfiga tushmoqchi bo`ldi. ularning ikki nafar farzandalri ota-onasining harakatlarini kuzatib turar edi. Bu cho`qqidan qulab ketgan juftlikning eng so`nggi selfisi bo`ldi... 

Poezd tomida


2015 yilning may oyida ruminiyalik qiz o`z do`sti bilan noodatiy selfi qilish istagida poezd stansiyasiga yo`l oldi. 18 yoshli Anna Ursu poezd tomiga chiqib yoo`tib oldi va tasodifan katta kuchlanishdagi tok o`tadigan elektr simni bosib oldi. Baxtsiz hodisa qizning hayotiga nuqta qo`ydi.  

Zinada


14 yoshli filippinlik Kristina Rozello tanaffus vaqtida maktab tashqarisida selfi tushishga qaror qildi. O`quvchi qiz 10 metrlik zinaning ustiga chiqib, suratga tushmoqchi bo`ldi. qo`lidagi smartfon bilan zinaning eng tepasiga ko`tarilgan qiz birdan yiqilib ketdi. Miya chayqalishi va suyaklarning bir necha joyidan sinishi oqibatida maktab o`quvchisi halok bo`ldi. 

Ko`prikdagi selfi 


Bu qizning taqdiri ham qolgan selfi qurbonlarnikidan farq qilmaydi. Uning o`limiga ham tepalikda selfi tushish ishtiyoqi sabab bo`ldi. baland ko`prikka chiqib olgan Kseniya Ignateva  ismli rossiyalik qiz muvozanatni yo`qotdi. Natijada esa elektr simini ushlab oldi. Tok urishi yosh qizning umriga zomin bo`ldi. 

 #SelfieOlympics


Bir muddat avval Instagram ijtimoiy tarmog`ida yosh yigit va qizlar o`rtasida SelfieOlympics xeshtegi bilan suratga tushib, estafetani bir-biriga o`tkazib yuborish odat tusiga kirdi. Bunday selfining asosiy sharti, ishtirokchi noodatiy sport holatida suratga tushishi kerak edi.

18 yoshli Oskar Reyes bir necha marotaba mana shunday selfiga tushgan edi. Yigitning qiziqishi unga zavq berardi. Biroq 2015 yilning 2 yanvaridagi selfi  uning uchun halokatli yakunlandi. Oskar eshikka osilgan holda suratga tushmoqchi bo`ldi. U kutilmaganda eshikdan yiqilib ketdi, oqibatda uning boshi yorildi. Ko`p qon yo`qotgan yigit shu zahotiyoq vafot etdi. 

Plyajda


 18 yoshli filippinlik Chezka Agas  ismli qiz o`z do`stlari bilan plyajda, shamol charxpalaklari yonida suratga tushmoqchi bo`ldi.  shu paytda falokat yuz berdi. Dengizda to`lqin ko`tarilib, qizni   ummon qariga uloqtirdi. Bu uning hayotidagi eng so`nggi selfi bo`ldi. 

P/S. Unutmang, ijtimoiy tarmoqlardagi Like`lar hech qanday ahamiyatga ega emas. Virtual maqtovlarga uchmang. Xavfli vaziyatlarda selfiga tushib, hayotingizni xavf ostiga qo`ymang!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!