“MYu” muxlislari Joze Mourinoning iste`fosini so`rash uchun samolyot ijaraga olmoqchi

13:06, 31 oktabr

“Manchester Yunayted” jamoasi muxlislari Joze Mourinoga qarshi aksiya uchun pul yig`ishni boshladi. Bu haqda “Championat.com” xabar bermoqda.  

“Qizil iblislar”ning ishqibozlari jamoaning so`nggi natijalaridan qoniqish hosil qilmayapti hamda bularning barchasida portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinni ayblamoqda. “MYu” muxlislari samolyotni ijaraga olib, unga “Mourino, yo`qol” yozuvli bannerni ilib, “Old Trafford” uzra uchirishni rejalashtirmoqda.

Ayni damda “Manchester Yunayted” APL 10-turidan so`ng atigi 15 ochko bilan 8-pog`onada bormoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!