Surunkali charchoqning oldini oluvchi 6 mashq!

14:16, 31 oktabr

1.  Mashq gilamchasiga joylab, tizzani buking. Qo`lni bosh orqa tarafiga birlashtirib, bo`yinni yuqoriga ko`tarib-tushiring. Mashq davomiyligi 6 marta.

2.  Yon tarafga o`girilib, oyoqlarni tekislang-da, birlashtiring. Bir qo`l bilan gavdangizni tutsangiz, ikkinchisi bilan bosh muvozanatini ushlang. Sanov avvalida oyoqlarni ko`tarib, harakatlantiring. Davomiyligi 8 marta.

3.  Mashq koptogi (engilroq bolishdan foydalansa ham bo`ladi) ni ikkala oyoq o`rtasiga joylab, tizzani yuqoriga ko`tarib-tushiring. So`ng shu holatda oyoqlarni ikki tararfga harakatlantirasiz. Mashqning har birini 6 martadan bajaring.

4.  Tekis yotgan holatda faqat oyoqlarni harakatlantiring. Avvaliga salgina yuqoriga ko`taring, so`ng tizzani bukib, mashq qilasiz. Davomiyligi 6-8 martagacha.

5.  Mashq koptogi (yoki stuldan foydalansa ham  bo`ladi) ga joylashib, suratdagi kabi mashqni bajarishga urinib ko`ring. Gavda tik ko`tarilganida qorin mushaklarini ichingizga tortasiz. Davomiyligi 4 marta.

6.  Mashq yakunida tekis yotgan holatda tizzani buking. Boshni sal ko`tarib, engil nafas oling.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!