Toshkentda yuz bergan mudhish YTHda kamida 3 kishi halok bo`ldi(Foto)

14:35, 31 oktabr

Ijtimoiy tarmoqlarda 28 oktyabr kuni Toshkent shahrida yuz bergan dahshatli avtohalokatning suratlari tarqaldi. 

Facebook`dagi  "Voditeli Tashkenta" guruhi a`zolarining ma`lum qilishicha, YTH 28 oktyabr, juma kuni erta tongda “Samarqand Darvoza” savdo markazi yaqinida sodir bo`lgan. 

Gazel va Mercedes rusumli avtomobillar to`qnashuv oqibatida o`nglab bo`lmas holatga kelgan. 

Hodisa guvohlarining so`zlariga ko`ra, yo`l-transport hodisasi oqibatida kamida ikki kishi ya`ni Mercedes`ni boshqarib ketayotgan qiz va Gazel haydovchisi halok bo`lgan.   

Shuningdek, Mercedes yo`lovchisi ham halok bo`lgani taxmin qilinmoqda. Taxminlarga ko`ra, avtohalokat tezlikni oshirish oqibatida yuz bergan.




Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!