Moskvada yuk poezdi vagonlaridan biridan mina topildi

14:44, 31 oktabr

Moskvaning janubi-sharqida joylashgan temiryo`llardan birida yuk poezdi vagonidan portlovchi mina topildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Nashrning xabar berishicha, bir chekkaga olib chiqilgan yuk vagoni o`rab olingan. Taxminlarga ko`ra, vagonda mina va portlovchi moddalar mavjud. Voqea joyiga tezkor xizmat xodimlari etib kelgan. Evakuasiya ishlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!