Rossiyaning Saratov viloyatida sodir bo`lgan YTHda o`zbekistonlik fuqarolar jabrlandi

15:25, 31 oktabr

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan Toshkent shahri tomon yo`lga chiqqan avtobus 30 oktyabr kuni soat 08:30 da yo`l chetidagi chuqurlikka quladi, deb xabar berdi “TASS” nashri. Hodisa oqibatida 16 nafar O`zbekiston fuqarosi jabrlandi.

Avtobus salonida 28 nafar yo`lovchi bo`lgan. Polisiyachilarning ma`lumot berishicha, peterburglik 23 yoshli avtobus haydovchisi havoning sovishi natijasida muzlagan va sirg`anchiq yo`l ustida avtomobil boshqaruvini yo`qotgan, oqibatda yo`l-transport hodisasi ro`y bergan. 

“Avtobus jarlikka qulagan. Olti nafar yo`lovchi kasalxonaga yotqizilgan, o`n kishiga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. Qolganlar esa issiq ovqat bilan ta`minlanish uchun Oktyabrsk shahrida joylashgan maktabga yuborilgan. Ularni o`z manziliga etkazish chora-tadbirlari ko`rilmoqda”, deb ma`lumot berdi viloyat boshqaruv raisi o`rinbosari Aleksandr Burenin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!