Qozog`istondagi banklardan birining oldida otishma bo`ldi

15:31, 31 oktabr

Almati shahridagi Timiryazev va Markov ko`chalarining chorrahasida joylashgan “Alatau Grand” markaziy bankining oldida otishma bo`ldi, deb xabar qildi “Tengrinews.kz” nashri. 

Guvohlarning xabar berishicha, tushlik paytida o`q ovozlari eshitilgan. Bank bo`limi qo`riqchisi otishma savdo markazi ro`parasida bo`lganligini haqida xabar berdi. Uning ma`lumot berishicha, bank mijozi yaralangan. Bank ichida polisiyachilar ish olib bormoqda, savdo markazi yopilib, hech kim kiritilmayapti.



Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!