Qiziqchi Mirzabek Xolmedov qizini uzatdi

15:42, 31 oktabr

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Mirzabek Xolmedov qizi Durdonani uzatdi. Bu haqida uning o`g`li Ulug`bek Xolmedov Instagram’dagi sahifasida ma`lum qildi, deb yozadi “Daryo”. 

«Bugun xonadonimiz farishtasi, ko`zlarimiz quvonchi, uch akasining erkasi, kenjamiz, bir donamiz Durdonaxonni turmushga berdik. Jonim singlim, shirinso`zim, mehribonim, bir donam — baxtli, oltin taxtli bo`lgin. Seni dunyolarga almashmayman. Hayoting ham o`zingdek go`zal bo`sin», — deb yozdi Ulug`bek Xolmedov.

Mirzabek Xolmedovning Ulug`bek va Durdonadan tashqari, Oybek va Otabek ismli o`g`illari ham bor.

 

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!