Amerikalik ayol soch parvarishi uchun ishlatiladigan vositadan foydalanib, kal bo`lib qoldi

15:50, 31 oktabr

Amerikalik Delisia Teylor (Delicia Taylor) ismli ayol mashhur kompaniyalardan birining soch parvarishi uchun ishlatiladigan vositasidan foydalanib, kal bo`lib qoldi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri. 

Ayol sochni jilolantiruvchi, ipakdek mayin qiluvchi va hajm beruvchi deb ta`riflangan vositadan foydalangandan keyin sochlari qay ahvolga kelganini aks ettiruvchi suratlarini ijtimoiy tarmoqqa joyladi. 

Delisia Teylor Amerikaning TMZ nashriga bergan intervyusida, kompaniyani sudga bermoqchi ekanligini, ularning etkazgan ma`naviy zararini 5 million dollar deb baholaganini ma`lum qildi.

Bu vositadan foydalanganidan keyin ayol ko`zguga xotirjam qarolmaydigan bo`lib qolgan. U boshqacha natijani kutgan edi, oqibatda esa boshida qavariqlar, turli jarohatlar va kallik vujudga keldi.



Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!