Xitoylik qiz oshiqlari sovg`a qilgan ayfonlarni sotib, o`rniga uy oldi

17:08, 31 oktabr

Xitoyning janubiy qismida yashovchi Ksyaoli taxallusli qiz baxt ayfonning yangiligida emas, balki uning sonida ekanligini isbotladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Qiz bir emas, yigirmata oshig`idan iPhone 7 hadya etishni iltimos qilgan. Barcha ayfonlarni qo`lga kiritgach, ularni 17 ming dollarga sotib, puliga kichikroq uy sotib olgan. Xitoyda ayfonlarning so`nggi rusumi AQSh va Rossiyadagidan ko`ra qimmat turadi. Qiz pulni mamlakatning janubiy qismidagi qishloqlardan birida qurilayotgan uyning boshlang`ich badali uchun to`lagan. Tadbirkor qizning haqiqiy ismi-sharifi hozircha oshkor etilmagan. Jurnalistlar uning qishloq joyda yashashini aniqlashdi. Qiz yangi uyda ota-onasi bilan yashashni rejalashtirgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!