O`zbekiston U19 qizlar terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichiga yo`llanma oldi

17:33, 31 oktabr

19 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichining so`nggi uchrashuvida O`zbekiston U19 qizlar terma jamoasi Xitoy Taypeyni mag`lub etib, final bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdi. deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati

Uchrashuv O`zbekistonning 1:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona golni 26-daqiqada Maftuna Panjieva penaltidan kiritdi.

Bundan avvalgi ikki uchrashuvda Bahrom Norsafarov boshchiligidagi o`zbekistonlik qizlar Tojikiston hamda Gonkong U19 qizlar terma jamolarini bir xil — 3:0 hisobida mag`lub etgandi.

Shu tariqa o`zbekistonlik qizlar saralashning barcha uchrashuvida g`alaba qozongan holda, 9 ochko bilan 2017 yilning noyabr oyida Xitoyda o`tkaziladigan Osiyo chempionati final bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

19 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasidagi Osiyo chempionati

O`zbekiston - Xitoy Taypey 1:0 (1:0)

Gol: Maftuna Panjieva (26-pen.)

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!