Vitaliy Denisov "Rubin"ning g`alabasiga o`z "hissa"sini qo`shib yubordi

08:19, 01 noyabr

Rossiya Premer-ligasining 12-turida “Rubin” jamoasi o`z maydonida Moskvaning “Lokomotiv” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi, deb xabar bermoqda Sports.uz.

So`nggi kunlarda jurnalistlarning “yoqimtoyi”ga aylanib ulgurgan Vitaliy Denisovning jamoasi “Kazan-Arena”dan mag`lubiyat bilan qaytadigan bo`ldi.

Uchrashuvning 69-daqiqasida mezbonlar vakili Maksim Kanunnikov “Lokomotiv” himoyasidagi pala-partishlikdan unumli foydalandi. Burlakning bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib, Maksim Kanunnikovning oyoqlari ostiga borib tushdi. Kanunnikov esa bu to`pni osonlikcha darvoza to`riga joylab qo`ydi.

Gol o`tkazib yuborgan “temiryo`lchilar” hisobni tenglashtirish uchun hujumga zo`r berishdi. Biroq yana o`sha himoyadagi xatoliklar “Lokomotiv”ga pand berib qo`ydi. Oddiy holatda to`pni oldirib qo`ygan Vitaliy Denisov jarima maydoni yaqinida o`yin qoidasini buzishga majbur bo`ldi. Bu “standard” vaziyatni mezbonlar osonlikcha golga aylantira olishdi. Jarima to`pini amalga oshirgan Tkachuk jamoadoshi Jonatasni to`p bilan ta`minlay oldi. Yuqorilatib uzatilgan to`pni Jonatas osonlikcha darvozaga joylab qo`ydi, 2-0.

Shundoq ham Rossiya chempionatida ishlari yurishmayotgan “Lokomotiv” a`zolari yana bir bahsda mag`lubiyatga uchradi. “RPL”ning 12-turiga kelib faqatgina ikki marotaba g`alaba qozongan “temiryo`lchilar” turnir jadvalining 11-o`rniga tushib ketishdi.

Rubin – Lokomotiv 2:0

Gollar: Maksim Kanunnikov 69’, Jonatas 77’

Rubin: Rijikov, Burlak, Sanches, Bauer (Bergstrem 87’), Nabiullin, Mvila, Saktash (Song 59'), Tkachuk, Rochina (Samu 67’), Jonatas, Kanunnikov.

Lokomotiv: Gilerme, Mixalik, V. Denisov , Yanbaev, Peychinovich, Miranchuk, Samedov (Xenti 46’ – Shkuletich 83’), Fernandesh, I. Denisov, Maykon, Kolomeysev (Kasaev 83’). 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!