Barak va Mishel Obama Oq uydagi so`nggi bayramlarini Maykl Jeksonga raqsga tushish bilan nishonlashdi (Video)

09:38, 01 noyabr

Barak va Mishel Obama Oq uydagi o`zlarining so`nggi Xellouin bayramlarini nishonlashdi.

Harbiylarning oilalari taklif etilgan bayram tadbiri doirasida AQSh prezidenti hamda birinchi xonimi Maykl Jeksonning Thriller taronasiga raqs tushib, bolalarga shirinliklar ulashishdi.

«Bugun Mishelga e`tibor bermasligingiz hamda sog`lom ovqatlanish haqida unutishingiz mumkin», — deb yozadi The Washington Post Obamaning so`zlarini.

AQShda Prezident saylovi 8 noyabr kuni bo`lib o`tadi. Prezident Barak Obama uchinchi muddatga o`z nomzodini qo`ya olmaydi.

AQShning birinchi raqamli xonimi 2010 yildan buyon Amerika maktablarida sog`lom ovqatlanishni targ`ib qiladi. Uning tashabbusi bilan o`quv muassasalarida o`quvchilarning taomnomasiga sabzavot, mevalar, shuningdek oqsilga boy ovqatlar kiritilgan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!