Jahon chempionati kubogi muallifi vafot etdi

09:46, 01 noyabr

31 oktyabr kuni Jahon chempionati kubogining dizayneri Silvio Gazzaniga hayotdan ko`z yumdi. U 95 yoshda edi.

1970 yil Braziliya terma jamoasi uchinchi bor Jahon chempionligini qo`lga kiritganida, Jyul Rime kubogi braziliyaliklarning to`laqonli mulkiga aylangandi.

Shundan so`ng Jahon chempionatining yangi kubogiga ehtiyoj tug`ildi. FIFAga yangi kubok uchun etti davlatdan 53 ta turli xil dizaynlar taqdim etildi. Bu namunalar ichidan Silvio Gazzaniganing dizayni tanlab olingandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!