“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi yana bir bor jarroh stoliga yotdi

09:49, 01 noyabr

“Manchester Yunayted” jamoasi yarim himoyachisi Antonio Valensiya “Manchester Siti”ga qarshi (1:0) Angliya Liga Kubogi nimchorak finalida qo`lini sindirib olgandi.

“iSport.ua” nashrining xabar qilishicha, Antonio o`sha o`yinni oxirigacha o`ynadi, keyin esa jarroh stoliga yotdi.  31 yoshli ekvadorlik futbolchining operasiyasi muvaffaqiyatli o`tdi.

Valensiya safga qachon qayta olishi hozircha noma`lum. Qayd etish kerakki, bir muddat avval Antonio oyog`idan operasiya o`tkazishga majbur bo`lgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!