Rossiyalik 90 yoshli kampir ijtimoiy tarmoq yulduziga aylandi

10:30, 01 noyabr

Rossiyalik 90 yoshli buvijon xotiralar yozish va Instagram kuzatuvchilari bilan muloqotda bo`lishni juda xush ko`radi, deb yozadi “Lady.mail.ru” nashri.  

Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahrida yashovchi 90 yoshli Raisa Gladskix nabirasining yordami bilan ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni o`rganib, Instagram da o`z akkauntini ochdi va mashhurlikka erishdi. Kampir shaxsiy blogida o`z xotiralari va hayotidagi eng muhim voqealar bilan o`rtoqlashadi.  

Raisa buvi o`z sahifasiga fotosuratlarini joylashtiradi, shaxsiy fikrlarini, xotiralarini yozib qoldiradi. Bundan tashqari, barcha foydalanuvchilarning izohlarini o`qib, ularga javob yozadi. Ijtimoiy tarmoq sarhadlarida sayr qilishda kampirga nevaralari yordam beradi, ulardan biri professional fotosuratchidir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!