Hindiston tashqi ishlar davlat vaziri Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

11:14, 01 noyabr

Mamlakatimizda mehmon bo`lib turgan Hindiston Respublikasi tashqi ishlar davlat vaziri Mobashar Javad Akbar joriy yil 31 oktyabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi. 

Mehmon dastlab Hazrati Xizr majmuasida O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Buyuk Yo`lboshchimiz qabriga gul qo`yilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Islom Karimov ruhi poklariga Qur`on tilovat qilindi. 

Hindistonlik mehmonlar Samarqand shahrining qariyb uch ming yillik tarixidan so`zlovchi “Afrosiyob” muzeyidagi noyob eksponat va ashyolar, dunyoga mashhur devoriy suratlarni qiziqish bilan tomosha qildi. 

Shuningdek mehmonlar Imom Buxoriy majmuasi, Mirzo Ulug`bek yodgorlik majmui va shahardagi boshqa tarixiy obidalar bilan tanishdilar.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!