Tojik oligarxining qizi to`yida 40 million rubllik kelin ko`ylak kiydi

12:14, 01 noyabr

O`tgan dam olish kuni Shokirovlar oilasi qizi Madinaning nikoh to`yini tantanali ravishda nishonladi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.

To`y Moskvaning Radisson Royal “Kongress-park” mehmonxonasida, 900 nafar mehmon ishtirokida bo`lib o`tdi. Ularning orasida mashhur insonlar ham ko`zga tashlandi. To`yda rossiyalik mashhur xonandalar Filipp Kirkorov, Leonid Agutin, Stas Mixaylov, Soso Pavliashvili va boshqalar qo`shiq kuyladi. Tantanaga Ivan Urgant, Natalya Ionova va Alla Mixeevalar boshlovchilik qilishdi.

Kelin barcha ishtirokchilarning diqqat markazida bo`ldi. Uning egnidagi Britaniyaning Ralph & Russo dizaynerlari tomonidan yaratilgan libos Swarovski toshlari bilan bezatilgan bo`lib, nafaqat go`zalligi balki narxi bilan ham barchani hayratlantirdi – ko`ylakning bahosi naqd 40 million rubl ekanligi ma`lum bo`ldi.

Madina bo`lajak turmush o`rtog`i Sardor bilan Timur Temirovning “Nebo nad zemley” qo`shig`iga raqsga tushdi. Nashrning ma`lum qilishicha, to`yning faqat ko`ngilochar dasturi uchun Shokirov 30 million rubl pul sarflagan.













Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!