Anna Axmatovaning kundaligi auksionda 7 million rublga sotildi

14:43, 01 noyabr

Sankt-Peterburgda o`tkazilgan auksionda shoira Anna Axmatovaning kundaligi komisson to`lovi bilan birga 7,7 million rublga sotildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.   

“Anna Axmatovaning kundaligi shaxsiy kolleksiya uchun sotib olindi”, deb ma`lumot berdi “Litfond” auksion uyining bosh direktori Sergey Burmistrov.

Shoiraning kundalik daftari tarixiy-madaniy qiymatga ega bo`lib, u erda Anna Axmatovaning Osip Mandelshtam, Olga Berggols va Aleksandr Fadeevlarga yozgan turli yozishmalari mavjud.  

Auksionda bundan tashqari, Vladimir Nabokovning 1916 yilda yozgan “She`rlar” nomli kitobi 650 ming rublga, Mixail Kuzminning dastxati qo`yilgan mualliflik kitobi 2,9 million rublga sotilgan. Oldingi auksionda yosh Anton Chexovning maktubi 3,6 million rublga sotilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!