Toshkent shahar hokimiga murojaatlar o`z vaqtida hal etilmayotgani ko`rsatib o`tildi

16:36, 01 noyabr

O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoevning elektron qabulxonasiga Toshkent shahri aholisi va tadbirkorlaridan eng ko`p ariza va shikoyatlar kelib tushayotganligi ma`lum bo`ldi.

Bosh vazirning Feysbukdagi sahifasida keltirilishicha, mazkur murojaatlarni ko`rib chiqish va hal etish muddatlarini asossiz buzilishiga yo`l qo`yilmoqda.

Shularni inobatga olib, Bosh vazir tomonidan Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonovga murojaatlarni ko`rib chiqish va hal etish muddatlarini asossiz buzilishiga yo`l qo`yganligi ko`rsatib o`tildi hamda murojaatlarni vaqtida va qonuniy hal etilishi bo`yicha aniq choralar ko`rish topshirildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!