Sovun tanlashning 5 qoidasi

16:39, 01 noyabr

Gigiena vositalari ichida eng ko`p ishlatiladigani sovun, desak mubolag`a bo`lmaydi. Quyida ularni tanlashda ahamiyat berishimiz kerak bo`lgan muhim qoidalarni sanab o`tamiz.

•  Antibakterial sovundan har kuni foydalanib bo`lmaydi. Uning tarkibidagi moddalar kerakli bakteriyalarni ham o`ldiradi.

•  Gul va mevalar hidi ufurib turgan sovun tarkibida allergiyani qo`zg`ovchi moddalar bo`ladi. Qolaversa, asosiy qismi ishqordan iborat. U terining kislota-ishqor muvozanatini buzadi va po`st tashlashini kuchaytiradi.

•  Gliserinli sovunning afzallik tomoni shundaki, u terini yumshatadi. Biroq tarkibida gliserindan tashqari spirt ham bo`lib, sovunning samarasini kamaytiradi.

•  Eng yaxshisi — bolalar sovuni. Tarkibida ishqor va terini qurituvchi moddalar minimal darajadan kam. Bundan tashqari, unga tabiiy o`simlik ekstraktlari va yumshatuvchi tarkibiy birikmalar qo`shiladi.

•  Xushbo`y, chiroyli, och rangli sovunlarni tanlamang, aynan shunday sovunlarning foydasi kamroq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!