Rayhon G`anieva va Farhod Alimovlarning nikohlari sanasi ma`lum bo`ldi

17:26, 01 noyabr

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva hamda Farhod Alimovning atroflarida bo`layotgan xabarlar o`z tasdig`ini topdi.

Ularning nikoh sanasi ma`lum bo`ldi. Joriy yilning 5 noyabr kuni poytaxtimizning restoranlaridan birida Rayhon va Farhodning nikoh marosimlari munosabati bilan Amru-Ma`ruf dasturxoni yoziladi.

Avvalroq Farhod Alimov ushbu sana hali ma`lum emasligini, biroq Rayhon bilan uchrashishayotganini ma`lum qilgandi.

Qayd etish joizki, Rayhon va Farxod Alimov ham birinchi turmushlaridan ajrashgan.

Rayhon, Farxod Alimov bilan “Izlama” qo`shig`iga suratga olgan klipida ijodiy hamkorlik qilgan. Xonandaning aksariyat muxlislari videosar premerasidan so`ng, tarona va klip syujetini bevosita xonandaning hayotiga bog`lashgan edi.

Fursatdan foydalanib, ularga baxt tilab qolamiz! 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!