Qozog`iston respublikasi Bosh prokuraturasida o`lim jazosini qo`llash masalasi ko`rildi

02:09, 02 noyabr

Qozog`iston respublikasi Bosh prokuraturasida prosessual prokurorning terrorchilikda ayblangan, sudlanuvchi Ruslan Kulekbaevga nisbatan o`lim jazosini qo`llash haqidagi taklifi ko`rib chiqildi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri. 

“Mamlakat prezidentining farmoniga binoan o`lim jazosini qo`llash to`xtatilgan, ammo shunga qaramay, qonunchilik ko`rilayotgan jinoyat ishlari yuzasidan o`lim jazosi qo`llashni taqiqlamaydi. Qozog`istonda oxirgi marta o`lim jazosi 2006 yilda qo`llangan”, deyiladi Bosh prokuraturaning nashrga bergan rasmiy javobida. 

Ruslan Kulekbaev qilgan jinoyati uchun 15 dan 20 yilgacha, umrbod qamoq jazosiga yoki o`lim jazosiga hukm qilinishi mumkin. Uning aybi o`ta og`ir bo`lgani uchun prokuror unga nisbatan o`lim jazosi qo`llashni so`ragan.  

“Mening fikrimcha, odamlarni yashashdan mosuvo qilishga hech kimning haqqi yo`q, chunki biz taraqqiy etgan, rivojlangan dunyoda yashayapmiz”, deb fikr bildirdi Qozog`iston respublikasi parlament majlisi deputati Maulen Ashimbaev. 

Ruslan Kulekbaev mazkur yilning 18 iyulida Almati shahridagi Almalin tuman IIBga hujum qilib, polisiyachilar va tinch aholining o`limiga sabab bo`lgan, bu jinoyatda unga yana besh kishi sheriklik qilgan. O`shanda Qozog`iston respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboev bu qonli voqeani terakt deb atagandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!