EChL. “Manchester Siti” o`z maydonida “Barselona” ustidan irodali g`alabaga erishdi

09:17, 02 noyabr

Evropa chempionlar ligasi turniri “S” guruhi 4-turida "Manchester Siti" jamoasi o`z maydonda "Barselona" futbolchilarini qabul qildi. Unda 3:1 hisobi qayd etilib, "shaharliklar"ning g`alabasi bilan yakunlandi.

O`yinning 21-daqiqasida Lionel Messi hisobni ochgan bo`lsa, 39-daqiqada Ilkay Gyundogan oradagi muvozanatni tikladi. 51-daqiqaga kelib “Manchester Siti” oldinga chiqib oldi.  74-daqiqada yana Ilkay Gyundogan gol kiritdi va “shaharliklar”ning 3:1 hisobidagi g`alabasini ta`minladi.

Guruhning ikkinchi o`yinida “Borussiya M” va “Seltik” bilan to`qnash kelib, 1:1 hisobida durang o`ynadi.

EChL. “S” guruhi,  4-tur

Manchester Siti Angliya – Barselona Ispaniya 3:1
Gollar:
0:1 – 21 Messi, 1:1 – 39 Gyundogan, 2:1 – 51 de Bryuyne, 3:1 – 74 Gyundogan.
Manchester Siti – Kabalero, Otamendi, Kolarov, Sabaleta, Stounz, de Bryuyne (Nolito, 89), Fernandino (Fernando, 60), Gyundogan, Sterling (Navas, 71), Silva, Aguero.
Barselona – ter Stegen, Suares, Umtiti, Din, Buskets, Maskerano, Rakitich (Turan, 61), Serdji Roberto, Andre Gomesh (Rafinya, 76), Neymar, Messi.
Ogohlantirishlar: Sterling (11), Rakitich (20), Neymar (29), Kolarov (60), Buskets (76).

Borussiya M (Germaniya) – Seltik (Shotlandiya) 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 32 Shtindl, 1:1 – 76, penalti Dembele.
Borussiya M – Zommer, Vendt, Vestergor, Elvedi, Korb, Djonson, Shtrobl (Yanchke, 77), Azar (Xerrmann, 69), Kramer, Xan, Shtindl (Raffael, 81).
Seltik – Gordon, Svyatchenko, Isagirre, Lyustig, Gamboa (Xenderson, 85), Braun, Armstrong, Rogich (Makgregor, 69), Forrest (Roberts, 60), Sinkleyr, Dembele.
Ogohlantirishlar: Xerrmann (78), Isagirre (78), Kramer (88).
Chetlatish: Korb (75).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!