EChL. “Atletiko” va “Bavariya” qiyin g`alabalarga erishdi

09:23, 02 noyabr

Evropa chempionlar ligasi musobaqasining “D” guruhi 4-turida Madridning "Atletiko" klubi o`z maydonida "Rostov" bilan o`zaro bahs olib bordi.

Qiziqarli va murosasiz bahsda 2:1 hisobida madridliklar zafar quchdi. Antuan Grizmanning so`nggi daqiqalardagi goli “Atletiko”ga uch ochko keltirdi.

Guruhning ikkinchi o`yinida "Bavariya" safarda "PSV"ni 2:1 hisobida, irodali tarzda dog`da qoldirdi.

EChL. “D” guruhi, 4-tur

Atletiko (Ispaniya) – Rostov (Rossiya) 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 28 Grizmann, 1:1 – 30 Azmun, 2:1 – 90+3 Grizmann.
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Vrsalko, Godin, Koke, Gabi, Ferreyra Karrasko (Korrea, 79), Saul (Gameyro, 58), Grizmann, Torres.
Rostov – Djanaev, Navas, Granat, Kudryashov, Mevlya, Eroxin (Prepelise, 45), Kalachev (Terentev, 73), Gaskan, Noboa, Poloz, Azmun (Dumbiya, 70).
Ogohlantirishlar: Godin (44), Kalachev (46), Koke (46), Azmun (58), Gaskan (68), Djanaev (82), Filipe Luis (83).

PSV (Gollandiya) – Bavariya (Germaniya) 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 14 Aryas, 1:1 – 34, penalti Levandovski, 1:2 – 73 Levandovski.
PSV – Pasveer, Moreno, Izima-Miren, Shvaab, Guardado, Pereyro (Bergveyn, 67), Propper, Aryas, Ramselar (Zinchenko, 74), Villems (Brenet, 46), de Yong.
Bavariya – Noyer, Boateng, Xummels, Alaba, Robben (Duglas Kosta, 64), Lam, Kimmix (Koman, 64), Xabi Alonso, Vidal, Myuller (Sanshesh, 85), Levandovski.
Ogohlantirish: Koman (90).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!