Janubiy Koreya prezidenti mamlakatni shamanlar yordamida boshqarganlikda ayblanmoqda

09:33, 02 noyabr

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xega aloqador janjal mamlakat miqyosida keskin tus oldi, deb xabar berdi “1tv.ru” nashri.

Tergov organlari ham ogohlantirmasdan uning dugonasini qamoqqa oldi. Vaziyatning bunday keskin tus olishiga prezidentning dugonasi Chxve Sun Sil diniy sekta asoschisining qizi bo`lib, u otasining ishini davom ettirib kelgan. Bu ayol davlat ishlariga aralashganlikda gumon qilinmoqda. Tergov uni prezidentning dugonasi bo`lganligidan foydalanib, milliardlab dollar foyda ko`rganlikda ayblamoqda. Shuning uchun mamlakat banklarida turli tekshiruvlar o`tkazish davom etmoqda   

Bo`lib o`tgan voqea tufayli mamlakatda prezidentning iste`foga chiqishini talab qilib, xalq ommaviy norozilik namoyishlarini o`tkazdi, bugun esa bir erkak ekskavatorda bosh prokuratura binosiga hujum uyushtirdi. Noroziligini namoyish etish maqsadida u ekskavator yordamida bino darvozasini buzdi, uni to`xtatishga harakat qilgan qo`riqchini yarador qildi va ichkariga bostirib kirishga intildi. Polisiyachilar uni qurolsizlantirishga ulgurdi. Janjal oqibatida xalq orasida prezidentga nisbatan bo`lgan ishonch yo`qoldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!