Markaziy saylov komissiyasida kechayu-kunduz ishlab turadigan «ishonch telefoni» ishga tushdi

10:41, 02 noyabr

1 noyabridan boshlab O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida kechayu-kunduz ishlab turadigan «ishonch telefoni» ishga tushirildi.

«Ishonch telefoni»ni ishga tushirishdan maqsad O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish, uni o`tkazish chog`ida qonun buzilishlarining oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini o`z vaqtida ko`rib chiqish, ular yuzasidan qonunda belgilangan choralarni ko`rish hamda okrug, uchastka saylov komissiyalari bilan doimiy aloqa o`rnatishni ta`minlashdan iborat.

Markaziy saylov komissiyasida kechayu-kunduz ishlab turadigan «ishonch telefoni»ning raqami (0 371 239-35-62), faks (0 371 239-42-43) va elektron pochta (ub_saylov@umail.uz).

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!