O`zbekiston-Qirg`iziston Hukumat delegasiyalari uchrashuvida Davlat chegara chizig`ining 49 ta uchastkasi tekshirildi

11:25, 02 noyabr

22-31 oktyabr kunlari Botken va O`sh shaharlarida O`zbekiston-Qirg`iziston davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasi Hukumat delegasiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo`lib o`tdi.

Uchrashuvlar chog`ida Davlat chegara chizig`ining 49 ta uchastkasi bo`yicha qo`shma dala tekshiruvlari o`tkazildi va pozisiyalar kelishib olindi.

Muzokaralar yakuniga ko`ra Bayonnoma imzolandi.

Uchrashuv 26 oktyabr kunidagi O`zbekiston va Qirg`iziston rahbarlarining telefon orqali muloqoti ruhida bo`lib o`tdi. Mazkur muloqot chog`ida davlat rahbarlari O`zbekiston-Qirg`iziston davlat chegaralarini delimitasiya va demarkasiya qilish bo`yicha ikki mamlakat vakolatli organlari birgalikda olib borayotgan ishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishidan tomonlar birdek manfaatdorligini ta`kidlagan edilar.

Ishchi guruhlarning navbatdagi uchrashuvini O`zbekiston Respublikasi hududida o`tkazishga kelishib olindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!