Abdulaziz Kamilov Hindiston Tashqi ishlar Davlat vaziri Mubashir Javed Akbar bilan uchrashdi

11:33, 02 noyabr

1 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Hindiston delegasiyasi rahbari, Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar Davlat vaziri Mubashir Javed Akbarni qabul qildi.

Suhbat boshida O`zbekiston tashqi ishlar Vaziri Hindiston rahbariyatiga mamlakatimiz Birinchi Prezidenti vafoti munosabati bilan o`zbek xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani va qo`llab-quvvatlagani hamda Hindiston delegasiyasining Samarqand shahriga tashrifi doirasida Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Muloqot davomida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi munosabatlarning dolzarb masalalari hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibi muhokama qilindi.

Ta`kidlanganidek, muntazamlik kasb etgan oliy va yuqori darajadagi O`zbekiston-Hindiston siyosiy muloqoti, ishbilarmon doiralar vakillari hamda madaniyat va san`at arboblarining uchrashuvlari, ilm-fan va ta`lim sohasidagi almashinuvlar erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda davlatlarimiz va xalqalarimiz o`rtasidagi an`anviy aloqalarni chuqurlashtirishga yo`naltirilgan ko`p qirrali hamkorlikni faol mustahkamlashga imkon beradi.

Uchrashuvda Hindiston Elchisi Vinod Kumar ishtirok etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!