“O`zbektelekom” rahbari o`zgardi

14:47, 02 noyabr

O`zbekistonning milliy telekommunikasiyalar operatori “O`zbektelekom” kompaniyasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda kompaniya sayti xabar bermoqda

“O`zbektelekom” bosh direktori lavozimini Shuhrat Qodirov egalladi. Bungacha mazkur lavozimda Abdurashid Abdumo`minov ishlagan. 

Shuhrat Qodirov “O`zbektelekom” rahbari etib tayinlangunga qadar UZMOBILE milliy aloqa operatori direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!